Hindistonning Haydarobod shahrida yashovchi yigit temiryo`l sostavi fonida ekstremal selfiga tushmoqchi bo`lganda uni poezd urib ketdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Katta tezlikda yaqinlashib kelayotgan poezdni qo`li bilan ko`rsatgan yigit ishonch bilan suratga tusha boshladi. Do`stlari uni bu fikrdan qaytarishga urinishdi. Biroq u ko`nmadi. Masofani noto`g`ri hisoblab, relsga juda yaqin kelib qoldi. Oqibatda uni poezd urib yubordi, shunga qaramay, yigit tirik qoldi. Ayni paytda u kasalxonada davolanmoqda.
Yigitning shunday katta tezlikda kelayotgan poezd tagidan tirik chiqqani barchani hayratda qoldirdi.