AsosiyJamiyat

"Sog`lom bola yili" Davlat dasturi doirasida I chorakda qariyb 1 trillion so`m mablag` sarflandi

18 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokamasiga va shu yil 17 yanvarda respublika Hukumatining majlisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2014 yilgi  iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvorliklarini amalga oshirishni baholashga bag`ishlangan majlisi bo`lib o`tdi.

Majlisda ta`kidlanishicha, jismonan sog`lom, ma`naviy etuk va barkamol o`sib kelayotgan avlodni voyaga etkazish bo`yicha "Sog`lom bola yili" Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni faol amalga oshirish boshlangan bo`lib, ushbu tadbirlarni moliyalashtirishga joriy yilning birinchi choragida barcha manbalar hisobiga qariyb 1 trillion so`m miqdorida mablag` yo`naltirildi.

    Boshqa yangiliklar