AsosiyDunyo

Arablar nega tuyalarda jarrohlik amaliyoti o`tkazishadi?

'Arablar nega tuyalarda jarrohlik amaliyoti o`tkazishadi?'ning rasmi

Saudiya Arabistonida tuyalar festivali bo`lib o`tmoqda, deb xabar beradi Telegraph.

Arablar o`rtasida mashhur bo`lgan ushbu festivalda dunyodagi eng baland tuya namoyish etiladi. Festival shartlaridan biri tuyalarning tashqi ko`rinishining chiroyli bo`lishi.

Ushbu tadbirning mukofot jamg`armasi – 57 million dollar.

Yaxshi natijaga erishish uchun tuyalarning egalari turli nayranglarga ham boradi. Ya`ni ular tuyalarining tashqi ko`rinishini chiroyli qilish uchun turli jarrohlik amaliyotlarini ham o`tkazishadi. Lekin tekshirish vaqtida bu kabi qing`irliklar aniqlansa, ular bahsdan chetlashtiriladi.

Ta`kidlash joiz, tuyalar Saudiya Arabistonida azaldan xosiyatli jonivor hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar