AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 7,5 foizga o`sdi

Joriy yilning birinchi choragida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 7,5 foizga o`sdi.

Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 8,9 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish 6,2 foizga, xizmatlar ko`rsatish 11,8  foizga ko`paydi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida profisit bilan ijro etildi. Inflyasiya darajasi prognoz parametrlardan oshmadi.

Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish ustuvorliklarini amalga oshirish, shuningdek, ichki talabni muvozanatli rag`batlantirish va ichki bozorni raqobatbardoshli mahalliy mahsulotlar va xizmatlar bilan yanada to`liqroq to`ldirish chora-tadbirlari iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 12,8 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi 14,3 foizga va xizmatlar ko`rsatish hajmi 9,1 foizga ko`payishiga ko`maklashdi.

Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida iste`mol mahsulotlari ulushi 2013 yilning birinchi choragidagi 29,5 foiz o`rniga 34,4 foizgacha ko`paydi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokamasiga va shu yil 17 yanvarda respublika Hukumatining majlisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2014 yilgi  iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvorliklarini amalga oshirishni baholashga bag`ishlangan majlisida ta`kidlab o`tildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar