Denverning AVS telekanali boshlovchisi jiddiy bo`lishga qanchalik harakat qilmasin bizonlar haqidagi matnni o`qiyotganda kulgidan o`zini to`xtata olmadi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.
Boshlovchi qiz bizonlar o`rkachi Kuni haqida ma`lumot berayotgan edi.
Bunga “bizon o`rkachi” so`zining yana boshqa bir ma`nosi sabab bo`ldi. “Bu haqda qanday qilib, jiddiy tarzda gapirish mumkin? Bundan tashqari, kadr ortida turgan hamkasbim Mitch Jelniker meni kuldirishga harakat qildi”, deb yozdi boshlovchi Molli Xendrikson o`zining Instagram sahifasida.