Janubiy Koreyadan Saxalin tomon yo`lga chiqqan “Vostok” baliqchi kemasi Yapon dengizida yo`qoldi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.
Bugun tongda rossiyalik qutqaruvchilar Janubiy Koreyaning Dongxe koordinasiya markazidan Saxalin tomon yo`lga chiqqan “Vostok” kemasining radiohalokat uskunasi ishlab ketganligi haqida xabar berdi.
Uning yaqinida bo`lgan Janubiy Koreyaning kemasi halokat signali kelgan hududga bordi. U erda na Rossiya kemasi, na odamlar bor edi. Yo`qolgan kema bilan aloqaga chiqish uchun qilingan harakatlar natija bermadi.
“Vostok” balischi kemasi bortida 21 kishi bo`lgan. Kemani qidirish uchun voqea joyiga ikkita Mi-8 vertolyoti etib keldi. Bundan tashqari kema qidirilayotgan hududga qutqaruv kemasi, Rossich FVVning samolyotlari etib keldi.