Kecha Moskva shahrida soatiga 100 kilometr tezlikda kelayotgan jip avtomobili bekatda turgan odamlarni bosib ketdi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.
Mazkur YTHni bekatga o`rnatilgan kuzatuv kameralari videoga olgan. Avtofalohakat oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo`lgan, to`rt kishi turli darajada tan jarohati olgan. Avtomobil egasi kasalxonaga yotishdan bosh tortgan. YTH dan keyin avtomobil polisiyachilar tomonidan tekshirilganda, uning yukxonasidan erkak kishining jasadi topildi. Jasad tekshiruvdan o`tkazilganda miyaga qon quyilishidan vafot etganligi ma`lum bo`ldi. Ayni paytda erkakning qachon vafot etganligiga aniqlik kiritilmoqda.