AsosiyDunyo

Rianna Londondagi milliarder sevgilisining uyiga ko`chib o`tadi

'Rianna Londondagi milliarder sevgilisining uyiga ko`chib o`tadi'ning rasmi

Qo`shiqchining Angliyada ham o`z uyi borligi haqida Segodnya.ua nashri xabar berdi.

Rianna va uning milliarder sevgilisi Hasan Jamil birgalikda ko`chib o`tishi haqidagi xabar 2017 yili noyabr oyi boshlarida paydo bo`lgandi. Ma`lumotlarga ko`ra, qo`shiqchi o`zining rejasini amalga oshirish uchun nihoyat qaror qabul qilgan. Rianna o`zini nafaqat suyuklisi, balki yanada mo``tadil hayot kutib turgan Londonga ko`chib o`tishga tayyorlanmoqda.

Xonanda Los-Anjelesda paparassi va muxlislar ta`qibidan charchaganligini bildirdi. Britaniyada esa omma e`tiboridan chetda bo`lishi mumkin.
Angliyada Rianna zerikishga vaqt topolmaydi. Londonda uning yaqin dugonalari Kara Delevin va Naomi Kempbellar yashaydi.

Rianna va saudiyalik milliarder Hasan Jamil o`tgan yozdan beri uchrashib kelishadi. Mish-mishlarga ko`ra, yaqinda ularning to`yi bo`lib o`tgan. Lekin bu haqda hech qanday rasmiy ma`lumot yo`q.

    Boshqa yangiliklar