AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 100 kg giyohvandlik moddasini olib o`tmoqchi bo`lgan og`ufurushlar qo`lga olindi

O`zbekiston bojxonachilari tomonidan qo`shni Afg`onistondan yuz kilogrammlik giyohvand moddalarning olib o`tilishiga chek qo`yildi.

O`zbekiston Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmatining ma`lumotlariga ko`ra, Surxondaryo viloyati huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda Afg`onistondan ikki og`ufurush to`xtatilganida yonidan 11 kilogram opiy topilgan. Yana bir narkokurer kemada Amudaryodan kechib, o`zi bilan 20 kilogrammlik opiy olib o`tmoqchi bo`lgan, deya xabar beradi 12news.uz nashri.

O`zbekiston chegarasida to`xtatilgan yana bir afg`onistonlikni yonidan esa 64 kilogrammlik giyohvand modda topilgan.

    Boshqa yangiliklar