Bugun, 26 yanvar kuni erta tongda Janubiy Koreyaning Milyan shahrida joylashgan shifoxonadagi yong`in natijasida 41 kishi halok bo`ldi. Bu haqda “Ryonxap” agentligi xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, yong`in Sejong shifoxonasining birinchi qavatidagi tez yordam bo`limida boshlangan va uch soat ichida butun bino alanga ichida qolgan.
Shifoxonadagi yong`indan 41 nafar odam halok bo`lgan bo`lsa, 70 nafar inson jabrlangan. Yong`in sodir bo`lgan vaqtda shifoxonada 111 nafar kishi bo`lgan.






