Meksika polisiyasi bedarak yo`qolgan ayol jasadi qoldiqlarini sobiq erining uyidagi kastryuldan topishdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Magdalena Agilar Romero (Magdalena Aguilar Romero) yanvar oyida Tasko shahrida bedarak yo`qolgan edi. U sobiq turmush o`rtog`i Sezar Gomez Archinega (Cesar Gomez Arciniega)ning uyidan farzandlarini olish uchun yo`lga chiqqan edi.
Polisiyaning aniqlashicha, erkak sobiq rafiqasini o`ldirib, jasadni maydalagan, keyin uning oyoq va qo`llarini kastryulkada qaynatgan. Oshxonadagi muzlatkichdan ayol tanasining boshqa qoldiqlari ham topilgan. Archinega qamoqqa olingani to`g`risida ma`lumotlar berilmagan.






