O`g`lining ichiga kirib olgan jinni haydamoqchi bo`lgan niderlandiyalik ayol, bolaga shafqatsizlarcha munosabatda bo`lish aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
25 yanvar kuni Niderlandiyaning Rurmond shahar sudi mazkur jinoyat ishini ko`rib chiqdi. Bu mamlakat tarixidagi ilk hodisadir. 9 yoshli o`g`lining ichiga kirib olgan jinni haydamoqchi bo`lgan 39 yoshli, asli marokashlik bo`lgan ayol o`g`lining qo`lini qizib turgan duxovkaga tiqqan. Bundan tashqari, ayol bolaning qulog`iga paxta tiqib, eshitish qobiliyatiga zarar etkazgan.
Ayol bolani 2016 yilda asrab olgan. Uni himoya qilgan advokat bu shafqatsizlarcha munosabat emas, balki bolaga yordam berish maqsadida qilingan harakatdir, deb ayolni oqladi. Sudda ishtirok etgan kriminal falsafa fani professor Yeruna ten Vorde (Jeroen ten Voorde) esa shafqatsizlarcha qilingan munosabatni hech nima bilan oqlab bo`lmasligini ma`lum qildi.






