"Ushbu talab naqafat Tojikiston fuqarolari, balki Rossiya shaharlariga kirib keluvchi barcha chet elliklarga tegishli va Jahon chempionati-2018 xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan", - deb xabar berdi Sputnik.uz nashri.
Rossiya 14 iyundan 15 iyul sanasiga qadar mamlakatning 11ta stadionlarida bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionati bo`sag`asida Tojikiston fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqladi. Taqiq muddati 25 maydan boshlanadi va 25 iyulga qadar davom etadi. Bu haqda Tojikiston Mehnat vazirligi xabar bergan.
"Tojikiston Mehnat, migrasiya va aholi bandligi vazirligi mamlakat aholisidan Futbol bo`yicha jahon chempionati-2018 o`tkaziladigan davr oralig`ida, imkoni boricha Rossiyaning qator shaharlariga bormaslikni so`raydi”, — deyiladi xabarda.
Ko`rsatilgan muddatda Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Ekaterinburg, Kazan, Kaliningrad, Quyi Novgorod, Rostov-Don, Samara, Saransk va Sochi shaharlariga kirib kelgan fuqarolar bir sutka muddatda migrasiya hisobiga turishlari shart.
"Ushbu talab naqafat Tojikiston fuqarolari, balki yuqorida nomi tilga olingan Rossiya shaharlariga kirib keluvchi barcha chet elliklarga tegishli va Jahon chempionati-2018 xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan", — deb ta`kidlagan vazirlik.
Futbol bo`yicha 2018 yilgi chempionat — FIFA tomonidan o`tkazilayotgan 21-jahon chempionatidir, uning bir qismi Rossiya shaharlarida 14 iyundan — 15 iyul sanasiga qadar o`tkaziladi.
Chempionat Rossiyaning 11 shaharlarida joylashgan 12 ta stadionda o`tkaziladi. Bundan tashqari, chempionatda birinchi marta video takrorlash tizimi ishlatiladi.






