Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qizlar o`rtasida “St. Petersburg Ladies Trophy – 2018” turnirining saralash bahslariga qur`a tashlandi.
29 yanvardan 4 fevral kuniga qadar davom etadigan musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova saralash bahslarida ishtirok etadi. U “Premier” turkumiga kiruvchi “St. Petersburg Ladies Trophy – 2018” turnirining asosiy to`riga chiqish uchun ispaniyalik Lara Arruabarrenaga qarshi kortga chiqadi.
Saralash o`yinlarining birinchi davrasidagi mazkur uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 12:00 boshlanadi.