Ostona shahridagi nufuzli universitetlardan birida o`qiydigan talaba qiz 40 darajali sovuqqa kapron paypoqda chiqqanligi bois, oyog`ini sovuqqa oldirib qo`ydi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Voqea 23 yanvar kuni yuz berdi. Qizning har ikki oyog`ini I-II darajali sovuq urgan, ayni paytda u kasalxonaga yotqizildi. Universitet rahbariyatining ma`lum qilishicha, qiz ob-havo sharoitiga qaramagan holda engil kiyingan. U bekatda uzoq vaqt avtobus kutishi natijasida oyog`ini sovuq urgan. Qizning o`zi mazkur holatga izoh berishni istamadi.
2018 yilning yanvar oyida Qozog`istonda anomal sovuq ob-havo hukm surdi. Mamlakatning ba`zi bir hududlarida havo harorati - 45 darajaga tushdi. Sovuq urishi oqibatida yuzlab odamlar tibbiy muassasalarga murojaat qilgan.