AsosiyDunyo

20-chi farzandiga homilador ayol ilk farzandini 14 yoshida dunyoga keltirgan (foto)

'20-chi farzandiga homilador ayol ilk farzandini 14 yoshida dunyoga keltirgan (foto)'ning rasmi

Redfordlar Britaniyada eng ko`p bolali oila sifatida juda mashhur. Bir vaqtlar ular ko`p farzandli bo`lishni orzu qilardilar, vaqt o`tishi bilan esa bu orzulari hatto ortig`i bilan ushalganini ko`rishimiz mumkin.


Hozirda Noel 45 yoshda, Syu esa 40 da .
Ayol ilk farzandini 14 yoshida dunyoga keltirgan. O`sha paytda ular hali voyaga etmaganliklari uchun farzandlariga vasiy ota-ona topishlariga to`g`ri kelgan.



Oxirgi 14 yil mobaynida Syu to`xtovsiz eriga farzand hadya etmoqda. Yaxshi hamki, oilada hech qanday moliyaviy muammolar yo`q.



Oilaga to`ng`ich farzandlari Kristofor ham yordam beradi, bundan tashqari Redfordlar oilasining shaxsiy bizneslari ham bor.


Ular 19 marotaba ota-onalik baxtiga musharraf bo`lganliklariga hech qancha vaqt o`tmayoq Syu yana homilador ekanligi ma`lum bo`ldi.


Redfordlar oilasining 20 ta farzandidan tashqari yana 3 nabiralari ham bor.


Noel bilan Syu katta oila va bolalarga allaqachon ko`nikib ham qolishgan, faqatgina bayram arafasida anchayin ter to`kishlariga to`g`ri keladi, albatta.


Redfordlarning do`stlariga farzandning qiz yoki o`g`il bo`lishi juda qiziq, chunki Redfordlarning hozirda 10 ta o`g`il va 9ta qiz farzandlari bor.









    Boshqa yangiliklar