EmpireOnline nashri o`tkazgan tadqiqot natijalariga ko`ra, dunyo kinematografiyasi tarixidagi eng yovuz qahramon “Yulduzlar jangi” kinoepopeyasidagi Dart Veyder hisoblanar ekan, deya xabar bermoqda Kinonews.ru.
Dart Veyder dunyo kinematografiyasi tarixidagi eng yovuz qahramonlar ro`yxatini boshlab bergan bo`lsa, biz miriqib tomosha qilgan “Terminator”dagi robot-qotil, “Matrisa” trilogiyasidagi josus Smitlar esa 20 o`rinlarga tushib qolibdi.
1. Dart Veyder (“Yulduzlar jangi”).
2. Joker (“Betmen”).
3. Loki (“Tor”).
4. Xans Gruber (“Qattiq yong`oq”).
5. Gannibal Lekter (“Qo`zichoqlar sukuti”).
6. Xans Landa (“Badnom bo`lgan razillar”).
7. Kaylo Ren (“Yulduzlar jangi”).
8. Anton Chigur (“Qariyalarga bu erda joy yo`q”).
9. Lord Volan-de-Mort (“Garri Potter”).
10. Ksenomorf (“Begona”).