1

Asliga qaytishSLIGA...

Mutolaa 27.01.2018, 02:12
Asliga qaytishSLIGA...

«O`shanda erim hech kutmagan savolimni bergandi:

— Nega tashlab ketmaysan?

Men allaqachon bu odamga ko`z yoshlarim kor qilmasligini tushungandim. Vaqtida qilgan isyonlarim ham uni o`zgartira olmadi. Qaynonam davolatib ko`raylik, dedi. Ozgina payt ko`ndi-yu, keyin yana icha boshladi.

Bolalar otasini jonidan ortiq ko`radi. Qizim dadasi kechikaversa, xavotirlanib ko`chaga chiqardi — yo`l qarardi. Biror joyda yiqilib qolmadimi dadam, degan qo`rquvi bor edi. Ko`pchilik «Oydin bolalarni otasidan ayrimaslik uchun chidayapti-da», deyishardi.

Biz muhabbat bilan oila qurdik. Otam talabalik yillarim olamdan ko`z yumdi. Tunga yaqin eshitgan sovuq xabardan oyoqlarimning uchigacha muzlab qoldim. Yonimdagilar uyimga ertalab etib borishim uchun chipta izlay boshlashdi. Dunyo torayib, vaqt to`xtab qolgandek edi. O`sha tunda ertalabgacha menga chipta izlab, topolmagach, viloyatimizga uchayotganlarning oldiga chiqqan, o`ttizga yaqin kishiga vaziyatni tushuntirib, bittasining chiptasini topshirishga ko`ndirgan insonning sevgisiga ishonardim.

Erim kutilmaganda davolanishga ahd qildi. To`g`ri, bir kunda yo bir oyda emas, bir yildan oshiq qilgan harakatlarimizdan so`ng u asliga qaytdi...

Eng og`ir vaziyatda ham insonga iroda bag`ishlay oladigan kuch, bu — muhabbat, nazarimda...»


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1