London universiteti qoshidagi kollej olimlari kun davomida chekilgan bir dona sigaret ham yurak qon-tomir kasalliklari xavfini 50 foizga oshirishi mumkinligini aniqlashdi, deya yozmoqda Lenta.ru nashri.
Tadqiqotchilar yomon odatlarning salomatlikka ta`siri bo`yicha 140 dan ortiq ilmiy maqolalar natijalarini tahlil qilishdi. Kuniga sigaret chekishni 20 tadan 1 donagacha kamaytirganlar hayotga xavf soladigan kasalliklar rivojlanish ehtimolini 50 foizga qisqartirar ekan, xolos.
Ekspertlar, chekishning ayollar uchun xavfi yuqoriroq ekanligini ta`kidlaydi. Shunday ekan, sigaretning hatto bir donasini chekish ham sog`liq uchun o`ta zararlidir.






