Yoqutistonda yashovchi erkak mast holda 10 oylik qizchasini ikkinchi qavat oynasidan pastga uloqtirdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Manbaning xabar berishicha, qizcha og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Voqea Yoqutistonning Suntar tumanida ro`y bergan. Tez yordam brigadasi voqea joyiga sanitar aviasiyasida etib keldi. Qizcha og`ir bosh-miya jarohati olganligi ma`lum bo`ldi.






