Saudiya Arabistonida yuz bergan yirik yo`l-transport hodisasi oqibatida etti kishi halok bo`ldi, yana besh kishi, jumladan, ikki bola tan jarohati oldi, deb xabar berdi «RIA Novosti» nashri.
Hodisa Jazan ma`muriy okrugida yuz bergan. Khaleej Times nashri ma`lumotlariga ko`ra, to`y marosimiga yo`l olgan oila a`zolarini olib ketayotgan avtomobil yuk mashinasiga borib urilgan.
Manbaning xabar berishicha, fojia oqibatida etti nafar ayol halok bo`lgan. Besh jabrlanuvchi yaqin atrofdagi shifoxonalarga etkazilgan.






