1

San`atkorlarning o`zini tutishi va kiyinish madaniyati tartibga solinadi

Madaniyat 29.01.2018, 16:59
San`atkorlarning  o`zini tutishi va kiyinish madaniyati tartibga solinadi

Samarqand shahridagi konsert zalida viloyatimiz san`atkorlari, madaniyat xodimlari ishtirokida sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi. Bu haqda "Zarafshon" gazetasi ma`lum qildi.

"O`zbekkonsert" davlat muassasasi direktori O.Abduqahhorov san`atkorlarga berilayotgan imkoniyat va ular oldiga qo`yilayotgan talablar, konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash, konsertlarni o`tkazish bo`yicha nazoratni kuchaytirish, san`atkor va raqqosalarning to`y-hasham, bayram tadbirlari, ommaviy yig`inlarda o`zini tutishi, kiyinish madaniyatini tartibga solish masalalari xususida so`z yuritdi.

O.Abduqahhorovning aytishicha, shu kungacha bir konsert dasturi uchun san`atkordan olgan daromadining 30 foizi davlat boji sifatida undirilardi. Endilikda bu foiz stavkasi 10 foizdan 7 foizgacha kamaytirildi. San`atkor faoliyatini rasmiylashtirishga mavsumiy, ya`ni uch oylik lisenziya, nogiron va nafaqadagilarga bepul lisenziya berish joriy etildi. Namoyishlarda fonogrammadan foydalanish taqiqlandi. Milliy ma`naviyatimizga mos kelmaydigan kliplarni ko`rikdan o`tkazuvchi badiiy kengash tashkil etildi. Ushbu kengash ko`rigidan o`tmagan, belgilangan talablarga javob bermaydigan klip mualliflarining lisenziyasi bekor qilinadi.

Shuningdek, O`zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva Samarqand shahridagi 3-son bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchilari uchun o`tkazgan mahorat mashg`ulotlarida: "San`atning hech bir turi bo`yicha muvaffaqiyatlarga mehnatsiz erishib bo`lmaydi. Qo`shiqchilikda san`atkor ovozida, kayfiyatida, hatto yuz ifodasida ham xalqning ruhiyatini aks ettirishi zarur", - deb, qo`shiqchilikning shu kabi sir-sinoatlari haqida so`zlab berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1