AsosiySport

Umid Ahmadjonov futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari bilan uchrashdi

'Umid Ahmadjonov futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari bilan uchrashdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi 1-11 fevral kunlari Xitoy Taypeyida o`tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida musobaqa ishtirokchilarini kuzatish marosimi o`tkazildi.

Tadbirda Milliy olimpiya qo`mitasi va O`zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati, mamlakat futzal terma jamoasi, kuni kecha Osiyo chempionatida g`olib bo`lgan bir qator yosh futbolchilarimiz, hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

UFF_3833.jpg


– Mana, kuni kecha O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Xitoyda yakunlangan musobaqada chempionlikni qo`lga kiritib, o`zbek xalqiga bir olam quvonch bag`ishladi. Ular muxlislarning ishonchini qaytarib berdilar.

Ularning yo`lini Siz futzalchilarga ham tilab qolamiz. Nima yordam kerak bo`lsa ochiqchasiga aytinglar. Barcha sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Chempion bo`lib qaytinglar. Sizlarni ham huddi yosh futbolchilarimiz singari mukofotlar kutib turibdi. Yoshlarimizning g`alabasini xalq bayram qilmoqda. Nima yordam kerak bo`lsa bunga tayyormiz. Ortingizda 33 millionlik o`zbek xalqi, mamlakat Prezidenti va biz turganimizni esdan chiqarmanglar", – dedi Milliy olimpiya qo`mitasi raisi va O`zbekiston futbol assosiasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Umid Ahmadjonov.

Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmatining xabariga ko`ra, tadbir yakunida Ravshan Haydarov Umid Ahmadjonovga ramziy ma`noda Osiyo chempionatining oltin medalini sovg`a qildi. Olimpiya terma jamoamizning etakchi futbolchilari Rustamjon Ashurmatov va Javohir Siddiqovlar jamoadoshlari nomidan yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik ramzi sifatida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevga esdalik sovg`asini berib qo`yishni iltimos qilib, Umid Ahmadjonovga topshirdi.

UFF_3902.jpg


Eslatib o`tamiz, futzalchilarimiz qit`a chempionatining "V" guruhida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan o`zaro raqobatlashadi .

O`zbekiston futzal terma jamoasi turnirdagi ilk o`yinni 1 fevral kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi boshlasa, 3 fevral kuni Tojikistonga qarshi parketga chiqadi. Guruhdagi so`nggi o`yin esa 5 fevral kuni Yaponiyaga qarshi bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar