Meksikaning Verakrus shtatida 2017 yil mobaynida 340 tadan ortiq yashirin qabrlar topildi, bu haqda shtat prokurori Xorxe Uinkler ma`lumot berdi, deb yozdi Ria.ru nashri.
Uning ma`lumot berishicha, mamlakatning 44 ta munisipal shtatidan norasmiy qabrlar topilgan. Qabrlardan 225 dona telefon, 335 dona inson bosh chanog`i va 30 mingdan ortiq suyaklar chiqqan. Jasad qoldiqlari orqali 111 nafar odamning shaxsi aniqlangan.






