Nikoh to`yiga kechikib etib kelgan kelgan britaniyalik kelinni kuyov tashlab ketdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Kelinning tushuntirishicha, o`sha kuni unda bir qancha muammolar tug`ilgan. Makiyaji xuddi “qishloqilarniki”ga o`xshab qolgani uchun uyiga qaytib, yuzini yuvib tashlagan. Uyda esa qizining tanlovidan norozi bo`lgan ota-onasi to`yga borishni istashmagan. Kelin ularni ko`ndirib, yo`lga chiqquncha vaqt o`tib ketgan. Buni ustiga ular nikohdan o`tishlari lozim bo`lgan cherkov uzoq bo`lgan.
Bundan g`azablangan kuyov kelinni tashlab ketib qolgan. Juftlik to`yga yarim yil davomida tayyorlanib, 12 ming funt sarflagan edi.






