AsosiyDunyo

Dunyodagi eng keksa insonlardan biri 113 yoshida vafot etdi

'Dunyodagi eng keksa insonlardan biri 113 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Sayyoramizning eng keksa erkak kishisi, ispaniyalik Fransisko Nunes 113 yoshida olamdan o`tdi, deb xabar berdi “TASS” axborot agentligi.

U mamlakatning Benvenida tumanida o`z uyida hayotdan ko`z yumgan.

Fransisko Nunes Olivera 1904 yil 13 dekabrda tug`ilgan. 1925 yilda harbiy xizmatga qabul qilinib, Ispaniya-Fransiya-Marokash va fuqarolik urushlarida ishtirok etgan. Shundan so`ng o`zi tug`ilib o`sgan joy qaytib, dehqonchilik bilan shug`ullangan. Fransisko Nunes 1988 yilda turmush o`rtog`idan ayrilgan. U to`rt farzandning otasi, to`qqiz nevara va 15 evaraning bobosi edi.

    Boshqa yangiliklar