AsosiyDunyo

O`tgan yili Shvesiyada teraktni amalga oshirgan Oqilovning sudi 13 fevralda boshlanadi

'O`tgan yili Shvesiyada teraktni amalga oshirgan Oqilovning sudi 13 fevralda boshlanadi'ning rasmi

O`zbekiston fuqarosi bo`lgan Rahmat Oqilov radikal islom g`oyalari ta`sirida terrorchilik jinoyati amalga oshirishda va odamlarning hayotini xavf ostiga qo`yishda ayblanmoqda, deb xabar berdi Sputniknews-uz nashri.

Stokgolmda o`tgan yili amalga oshirilgan teraktda ayblanayotgan Rahmat Oqilov ustidan sud joriy yilning 13 fevralida boshlanadi.

Shvesiya porkuraturasi Rahmat Oqilovga seshanba kuni rasman ayblov qo`ydi va jinoyat ishini sudga oshirdi. Sud majlislari 9 mayga qadar davom etadi va sud hukmi iyun oyining o`rtalarida o`qilishi kutilmoqda.

"Qamoq jazosi muddati tugaganidan keyin, ushbu shaxs ekstrasiya qilinishi kerak…. Mening maqsadim shuki — u hech qachon bizning mamlakatda erkin yura olmasin", — dedi prokuror Xans Irman jurnalistlarga.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston fuqarosi bo`lgan 39 yoshli Rahmat Oqilov 2017 yilnig 7 aprelida yuk mashinasini odamlar ustiga haydagan edi. Fojia oqibatida 5 kishi qurbon bo`lgan 15 kishi jarohatlangan edi.

    Boshqa yangiliklar