AsosiyDunyo

Jahon banki O`zbekistonga 840 million AQSh dollari ajratdi

'Jahon banki O`zbekistonga 840 million AQSh dollari ajratdi'ning rasmi

Jahon banki Direktorlar kengashi 2018 yilda O`zbekistonda qator loyihalarni amalga oshirish uchun 840 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

Ma`lumotlarga ko`ra, bu mablag`ning 200 million dollari kichik va o`rta sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish, 500 million dollari meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, 140 million dollari isitish tarmoqlarini modernizasiya qilish loyihalariga yo`naltiriladi.

Jahon banki 2017 yilda O`zbekiston biznes yuritish sharoitlarini tubdan yaxshilagan 10 mamlakat qatoriga kirganini e`tirof etgan. Korxonalarni ro`yxatdan o`tkazish, qurilishga ruxsat olish, minoritar investorlarini himoya qilish, soliqqa tortish va elektr ta`minotiga ulanish kabi sohalardagi katta o`zgarishlarni qayd etgan.

O`zbekiston Respublikasi Jahon bankiga 1992 yilda a`zo bo`lgan. O`tgan davrda umumiy qiymati 2,9 milliard dollardan ziyod imtiyozli kredit mablag`lari jalb qilinib, 30 dan ortiq loyiha amalga oshirilgan.

Joriy yil 18 yanvar kuni Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgieva boshchiligidagi delegasiya mamlakatimizga tashrif buyurgan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bilan uchrashgan edi.

    Boshqa yangiliklar