AsosiyDunyo

Xitoyliklar shamolda uchib yurgan pullarni terib, egasiga qaytarishdi

'Xitoyliklar shamolda uchib yurgan pullarni terib, egasiga qaytarishdi'ning rasmi

Xitoyning Xeylunszyan viloyatidagi Shuan`yashan shahrida yo`lovchilar shamol uchirib yurgan pullarni terib, egasiga qaytardi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Ko`chada ketayotgan yo`lovchilar 100 yuan nominalli pullarning uchib yurganiga guvoh bo`lishdi. Pullar yig`ilganda ularning narxi 4,8 ming yuan ekanligi ma`lum bo`ldi.

Yo`lovchilardan biri bo`lgan tadbirkor Szyan Gunyu bo`lib o`tgan voqea yuzasidan bankka xabar berdi. Uning tashabbusi bilan videokuzatuv kameralari tekshirildi. Videoda mijozlardan biri bankdan 15 ming yuan olib chiqqani, ularni cho`ntagiga solayotganda pulning bir qismi tushib qolganini sezmaganligi ma`lum bo`ldi.

Bank mijozning shaxsini aniqlab, u bilan bog`landi. Tushib qolgan pullar to`liq egasiga qaytarildi. Pulning egasi rostgo`yligi uchun uni qidirib topishga yordam bergan tadbirkorga 200 yuan suyunchi puli hadya qildi. Biroq tadbirkor suyunchi pulni olishdan bosh tortdi.

    Boshqa yangiliklar