Xitoyning Sichuan provinsiyasida beshinchi sinf bolalariga berilgan masala butun dunyoda kattalarni ham hayratga soldi.
O`quvchilarga agar kemada 26 qo`y va 10 echki bo`lsa, kapitanning yoshi nechadaligini aniqlash so`ralgan. Xitoy OAV bolalar ushbu masalaga ijodkorlik bilan yondashganini ta`kidlamoqda. Kimdir kapitanning yoshi o`n sakkizdan kam emas, aks holda unga kemani boshqarishni topshirishmagan bo`lardi, deb yozgan bo`lsa, boshqasi kapitan 36 yoshda, jonivorlarning soni ham shunga to`g`ri keladi, deb javob bergan.
Xitoy matbuoti to`g`ri javobni e`lon qilganiga qaramasdan, tarmoqlarda uning javobini topish davom etgan. «Men 42 yoshda degan bo`lardim, lekin javob 28 (etarli amaliyotga ega bo`lgach yuk kemalari uchun lisenziya olish yoshi) yoki undan yuqori deyilgan ...» – deya taxmin qilgan Mads Nybo Jorgensen.
Ayrim foydalanuvchilar jonivorlarning umumiy vaznini o`lchash kapitanning yoshini aniqlashga yordam beradi, deb hisoblaydi. «Har bir jonivorning o`rtacha og`irligini hisobga olganda 26 qo`y va 10 echkining umumiy vazni 7,7 ming kilogramm», – deb India Times foydalanuvchining hisob-kitobini e`lon qilgan.
Biroq foydalanuvchilar masalaning to`g`ri javobiga yaqinlashmadi, ular faqat jonivorlarning umumiy vazni haqidagi bahs-munozaralarga kirishib ketib, masaladan chalg`ib ketishdi.
Xitoy maktabida avvaldan masalaning javobi yo`qligi, bu masala o`quvchilarning ijodiy fikrlashini tekshirish uchun o`ylab topilganini tushuntirgan bo`lishiga qaramay, foydalanuvchilar bahs-munozarani davom ettirmoqda. Ba`zilar esa bu kabi masalalarni nafaqat Xitoy maktablarida, balki, boshqa davlatlarda ham tatbiq etishni taklif qilmoqda.
01.02.2018 12:09
Xitoyda beshinchi sinf bolalariga berilgan masala butun dunyoda kattalarni hayratga soldi






