Ayni kunlarda Turkiya safarida yurgan Dilso`zdan ajoyib ijodiy yangilik...
Nihol mukofoti sovrindori bo`lgan ijodkor, turk xonandasi Sinan Ozen bilan duet kuyladi.
“Birga kuylash taklifi hamkasbimdan tushdi. Gap shundaki, Sinan Ozen yutub orqali Farrux Raimov bilan kuylagan "Sevgilim" duetini eshitib ma`murimga murojaat etgan ekan. Biz ham bunday e`tibordan hursand bo`lib, tezda ishni boshladik” deydi Dilso`zning o`zi.
Sevgilimga kecha, 31 yanvar kuni klip ham suratga olindi.
Ikki xonandaning hamkorligi turk va o`zbek muxlislariga birdek manzur keladi, degan umiddamiz.