AsosiySport

O`FAning rais o`rinbosari o`zgardi

'O`FAning rais o`rinbosari o`zgardi'ning rasmi

O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasining matbuot xizmatidan xabar qilishlaricha, 2018 yil 1 fevral kuni O`zbekiston Futbol Assosiasiyasida O`FA raisi A.Ramatov boshchiligida yig`ilish bo`lib o`tdi. Mazkur yig`ilishda 2018 yil 25 yanvar sanasida bo`lib o`tgan navbatdan tashqari Konferensiyada bayon qilingan masalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig`ilishda tashkiliy masala ham ko`rib chiqildi. Konferensiyada O`FA raisining o`rinbosari etib tayinlangan Sherzod Toshmatov sportning boshqa sohasida o`ta bandligi, unga ishonilgan yangi joyda ishlashi uchun vaqt etishmasligi tufayli o`z arizasiga binoan rais o`rinbosari lavozimidan ketdi.

Uning o`rniga esa «O`zbekiston temir yo`llari» aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi maslahatchisi Sagdullaev Fazlitdin Fatxullaevich tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar