AsosiySport

Luis Suaresning yagona goli "Barselona"ga g`alaba keltirdi

'Luis Suaresning yagona goli "Barselona"ga g`alaba keltirdi'ning rasmi

Ispaniya kubogi yarim finalida “Barselona” va “Valensiya” jamoalari o`zaro to`qnash keldi.

“Kamp Nou” stadionida o`tkazilgan bahsning birinchi uchrashuvida “Barselona” raqib jamoani 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. O`yindagi yagona golga 67-daqiqada Luis Suares mualliflik qildi.

Eslatib o`tamiz, “Valensiya” va “Barselona” o`rtasidagi ikkinchi uchrashuv 8 fevral kuni “Mestalya”stadionida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar