AQShning Nyu-York shahrida yashovchi 35 yoshli Rendi Fotiseyn oyparastlik (lunatiklik) dan aziyat chekadi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
U kechasi uyqusirab sakkizinchi qavatda joylashgan uyining derazasidan pastga tushib ketgan. Sakkizinchi qavatdan qulagan Rendi oltinchi qavatga etganda qurilish bo`layotganligi tufayli qo`yilgan taxta ustiga kelib tushgan. Rendi o`t o`chiruvchilar yordamida pastga olib tushildi va kasalxonaga yotqizildi.
Uning bo`yni lat egan, qovurg`asi va oyog`i singan.
Rendining onasi o`g`li uzoq yillardan beri oyparastlik kasalligidan aziyat chekishini, uxlashdan oldin albatta uyqu dorisi ichishini ma`lum qildi. So`nggi paytlarda unga dori-darmon ham yordam bermay qo`ygan. Rendining qarindoshlari uni yana derazadan qulamasligi uchun nimalar qilish kerakligi haqida bosh qotirishmoqda.






