AsosiyDunyo

Gonkongda 450 kilogrammlik bomba zararsizlantirildi

Gonkongning Van Chay tumanidagi yangi metro liniyasining qurilish maydonchasidan 450 kilogrammli bomba topilgan edi. Mutaxassislarning qayd etishicha, bomba Ikkinchi jahon urushi vaqtida Amerikada ishlab chiqarilgan ANM-65 snaryadining faol qoldig`i bo`lgan.


Snaryadni zararsizlantirish chog`ida 330 metr radiusdagi 4,6 ming aholi evakuasiya qilingan. Hududda polisiya nazoratni kuchaytirib, barcha jamoat transportlari, korxona va restoranlar faoliyati to`xtatilgan. Polisiyaning xabariga ko`ra, bombani payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10.45 da to`liq zararsizlantirishga erishilgan. Ayni paytda hududda jamoat faoliyati to`liq tiklangan.

Metro quruvchilari o`tgan haftada ham xuddi shunday bombani aniqlashgan, soha mutaxassislari sa`y-harakati bilan uzunligi 140 santimetrli snaryad to`liq zararsizlantirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar