Sevara Solievaning «Zurriyot» serialida ijro etgan roli ko`pgina tomoshabinlarni e`tiborini qozongan edi...
Ma`lum bo`lishicha aktrisa serialning ikkinchi faslida rol o`ynamaydi. Buning sababi bilan qiziqib, u bilan bog`landik.
Sevara Solieva: — Ssenariy bo`yicha mening qahramonim o`rta yoshga etishgan. Shu bois ikkinchi faslida qatnasholmayman. Yoshi katta aktyor-aktrisalar suratga tushishdi. Ammo tomoshabinlar meni tez kunlarda yangi serialda ko`rishlari mumkin. O`tgan yili Muzaffar Erkinovning «Saodat» serialida suratga tushdim. Bu serialning birinchi fasli tomoshabinlarga yaxshi tanish. Ikkinchi faslidagi ishtirokim muxlislarga manzur keladi, degan umiddaman.






