AsosiyDunyo

Fidel Kastroning o`g`li o`z joniga qasd qildi

'Fidel Kastroning o`g`li o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

Kubaning sobiq etakchisi Fidel Kastroning to`ng`ich o`g`li fan doktori Fidel Anxel Kastro Dias-Balart payshanba kuni ertalab Kubada o`z joniga qasd qildi, deb xabar qilmoqda Prensa Latina davlat axborot agentligi.

Xabarda aytilishicha, so`nggi bir necha oylar davomida Kastroga u chuqur tushkunlikka tushgani bois shifokorlar nazoratida bo`lgan. Avvaliga u gospitalda davolangan, so`ngra ambulator kuzatuv rejimiga o`tkazilgan.

Olim o`z joniga qasd qilishdan oldin maktub yozgan.

Oltmish sakkiz yashar Kastro Dias-Balart hodisa yuz bergan kunga qadar Kuba Davlat kengashi ilmiy masalalari bo`yicha maslahatchi va Kuba Fanlar akademiyasi vise-prezidenti bo`lgan, innovasiyalar mavzusi bilan shug`ullangan.

Kuba inqilobi etakchisi Fidel Kastro Rus 2016 yil 25 noyabr kuni 90 yoshida vafot etgan edi.

    Boshqa yangiliklar