AsosiyDunyo

Oq tanli o`qituvchi qora tanli o`quvchisini polga yotqizib, uni oyog`i bilan bosdi

'Oq tanli o`qituvchi qora tanli o`quvchisini polga yotqizib, uni oyog`i bilan bosdi 'ning rasmi

Nyu-Yorkda tarix darsida oq tanli o`qituvchi ayol “qullik mohiyati”ni tushuntirish maqsadida o`quvchilarini erga yotqizib, ularni oyog`i bilan bosgani mojaro yuz berdi, deb xabar bermoqda News.day.az nashri.

Mojaro Bronksning 118 okrugidagi yuz bergan. Ettinchi sinfdagilarga qul savdosini tushuntirayotgan Patrisiya Kammings qora tanli o`quvchilarni polga yotishlarni so`ragan, so`ngra ulardan birini oyog`i bilan bosgan.

“O`qituvchimiz uch nafar qora tanli sinfdoshlarimizni tanlab oldi, – deb hikoya qildi o`quvchilardan biri, – va ularni butun sinf oldida polga yotishlarini so`radi. Keyin esa: “Ko`rdinglarmi, qul bo`lish qanaqa bo`larkan?” dedi”. Shundan so`ng o`qituvchi polda yotgan qizdan nimalarni his qilayotganini so`ragan. O`quvchi qiz achchiq qilib o`zini juda ham yaxshi his qilayotganini aytgach, Patrisiya Kammings o`z o`quvchisining beliga oyog`ni qo`yib, savolni takrorlagan: “Xo`sh, qanday bo`larkan? Ko`rib qo`y, o`zingni quldek his qilish mana shunaqa bo`ladi”.

Hozirda Patrisiya Kammings ish lavozimidan bo`shatilgan va uning qilmishi yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar