AsosiyDunyo

Xitoy hayvonot bog`ida bo`g`ma ilonni kuchukchalar bilan boqishdi

'Xitoy hayvonot bog`ida bo`g`ma ilonni kuchukchalar bilan boqishdi'ning rasmi

Xitoyning Xenan provinsiyasining xususiy hayvonot bog`ida bo`g`ma ilonni tirik kuchukchalar bilan boqishdi, deb yozmoqda News.day.az nashri.

Bunga Weibo ijtimoiy tarmog`iga qo`yilgan fotosuratlar va videolavhalar guvohlik bermoqda.

Weibo Screaming ning bir foydalanuvchisi bo`g`ma ilonlarga bir nechta kuchukchalar o`lja sifatida tashlangan video va suratlarni e`lon qilgan. Kadrlarning birida ilon kuchukchani o`rab olayotgani va sudralib yuruvchining tanasidan bir nechta bo`rtgan joylari ko`rinib qolgan, bu esa bo`g`ma ilon bundan avval bir qancha kuchuklarni paqqos yutganidan darak beradi.

Hozirda ushbu hayvonot bog`ida tergov ishlari ketmoqda.

    Boshqa yangiliklar