1

Respublika bo`yicha yo`nalishlar soni 4299 taga etdi

Jamiyat 28.04.2014, 15:14
Respublika bo`yicha yo`nalishlar soni 4299 taga etdi

O`zbekiston avtomobil va daryo transpori agentligida 2014 yilning I choragi ish yakunlariga bag`ishlangan hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda Agentlik hay`ati a`zolari, bo`lim va xizmatlari, hududiy bo`limlar va tarmoq tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etishdi, deya xabar beradi Agentlik axborot xizmati.

Unda Agentlik boshlig`i V.Ismoilovning Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining joriy yil 7 aprelda o`tkazilgan 2014 yil birinchi choragi ish yakunlariga bag`ishlangan yig`ilishiga doir axboroti tinglandi.
Boshliq o`rinbosari Sh. Shovahobov O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2014 yil yanvar – mart oylaridagi ish yakunlari to`g`risida ma`ruza qilib, hisobot davrida Agentlik o`z ish faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 yanvarda o`tkazilgan 2013 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag`ishlangan majlisi va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu majlisda qilgan ma`ruzasidan kelib chiqqan holda Agentlik tomonidan qabul qilingan «2014 yilga mo`ljallangan sohaviy chora-tadbirlar dasturi» asosida olib borganini alohida ta`kidladi.
2000 yilda respublika bo`yicha 2000 taga yaqin yo`lovchilar tashish yo`nalishlari faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, hozirgi kunda yo`nalishlar soni 4299 taga etgan bo`lib, o`sish ko`rsatkichi 2013 yilning birinchi choragiga qiyosan 104,5 foizni yoki 185 ta yo`nalishni tashkil qiladi. Mazkur yo`nalishlardan 1011 tasi shahar, 2647 tasi shahar atrofi va 641 tasi shaharlararo yo`nalishlardir. Faoliyat ko`rsatayotgan 4299 ta yo`nalishdan 4215 tasi yoki 98 foizi tender tanlovlari orqali joylashtirilgan. Shu jumladan, 2014 yilning ilk choragi davomida respublika bo`yicha jami 27 ta ochiq tender o`tkazilgan bo`lib, ularda 225 ta yo`lovchi tashish yo`nalishlari joylashtirildi. Shundan 40 ta shahar ichidagi yo`nalishlarni joylashtirish bo`yicha 8 ta tender o`tkazilgan, 157 ta shahar atrofi va 17 ta shaharlararo-viloyatlar ichi yo`nalishlarini joylashtirish bo`yicha 17 ta tender, 11 ta shaharlararo-viloyatlararo yo`nalishlarni joylashtirish bo`yicha 2 ta tender o`tkazilgan.
Ma`ruzada aytilishicha, Agentlik viloyatlarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda, yo`nalishlarda yo`lovchilar oqimi va aholining yo`lovchi tashishga bo`lgan ehtiyojlarini o`rganishda davom etmoqda, shuningdek avtokorxonalarga avtotransport parkini yangilash masalalarida amaliy yordam ko`rsatmoqda.
2014 yilning yanvar-mart oylari davomida tashuvchilar tomonidan Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan «Isuzu» rusumli avtobuslardan Farg`ona viloyatida 82 ta, Toshkent viloyatida 13 ta va Navoiy viloyatida 4 ta – jami 99 ta avtobus lizing asosida sotib olinib, shahar va shahar atrofi yo`nalishlarida aholiga xizmat ko`rsata boshladi.
Hisobot davrida rejadagi 13 ta yo`nalish o`rniga 19 ta ( o`sish – 146,2 foiz) yo`lovchi tashish yo`nalishlari tashkil etilib, ushbu yo`nalishlarda xizmat ko`rsatish uchun 24 ta avtobus, 15 ta mikroavtobus va 30 ta «Damas» rusumli avtotransport vositalari biriktirilgani yig`ilishda alohida qayd etib o`tildi.
Yig`ilish yakunida ko`rilgan barcha masalalar yuzasidan Hay`at qarori qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1