Xitoyning Szyansi provinsiyasidagi Nanchan shahrida g`isht zavodi egasi ishchilarning ish haqini g`isht bilan to`ladi. Bu haqda lenta.ru xabar berdi.
Zavod egasi 30 ishchi-muhojirning 900 ming yuan ish haqini bermay kelgan. Tadbirkor bilan muzokaralar natija bermagach ishchilar mahalliy ma`muriyatga yordam so`rab murojaat qilgan. Shundan so`ng tadbirkor qarzlarini to`lagan, lekin pul o`rniga ishchilarga g`isht tarqatgan.
Zavod egasining ish haqini nega kechiktirgani va ishchilar maoshining bu tarzda to`langanidan rozi yo norozi ekanligi ma`lum qilinmagan.






