Radxika Madan 1995 yil 1 may sanasida Hindistonning Pitampur shahrida tug`ilgan. Dadasi Sudjit Madan tadbirkor, onasi Xeeru Madan esa rassom. Aktrisaning Ardjun ismli akasi bor. Radxikaning mashhurlik sari ilk qadamni elevideniedagi «Yulduzlar bilan raqs» nomli shou bilan qo`ygan. Ta`kidlash kerakki, aktrisa aynan shu ko`rsatuv orqali yosh-u qarining tiliga tushadi.
Kelajakni o`zgartirgan uchrashuv...
Raqs bilan professional darajada shug`ullanib kelayotgan Radxika kino olami haqida o`ylamasdi ham. Ammo rejissyor, prodyusser va ssenariynavis Ekta Kapur bilan tanishuv uning taqdiri va orzularini o`zgartirib yuborgan. Mashhur Ekta Madanning raqslariga mahliyo bo`lib, unga shu zahotiyoq «Senga oshiqman» serialining bosh qahramonini ijro etishni taklif etadi. Ishani roli orqali u teletomoshabinlarning mehrini qozonishga muvoffaq bo`lgan va nufuzli «Zee Gold Awards» mukofotini ham qo`lga kiritadi. Radxika «Senga oshiqman» seriali bilan nafaqat mashhur bo`ladi, balki bekamu ko`st hayotga ham erishdi. Serial prodyusserlari rol uchun juda katta gonarar to`lashdi. Aktrisa birinchi gonarariga Mumbaydan derazasi dengizga qaragan shinam uy sotib olgan. Ayni kunlar Radxika Bollivudning mashhurlari Vidya Balan va Shaxid Kapurlar bilan qo`shni bo`lib yashayapti.
Ishdan tashqari
“Madan har bir davraga fayz olib kira oladigan qiz. U o`zining hazil-mutoyibasi bilan doim kayfiyatimizni ko`taradi” deydi aktrisaning do`stlari. Bo`sh vaqt topdi deguncha raqs maydoniga shoshadi, kitob mutola qilishni ham yoqtiradi. Brizer laqabli kuchukchasi bilan sayr qilish-ku jonu dili.
Siz bilmagan 8 fakt
- Sho`x-shaddot qiz obrazida tanilgan Radxika seriallar olimiga kirib kelishdan avval raqs san`ati bilan professional shug`ullangan. Іozir ham bo`sh vaqtlarida xoreograf sifatida yosh raqossalarga saboq beradi.
- U hind televidiniesidagi mashhur shoulardan biri — «Komedik oqshom — Bachao»da boshlovchi sifatida ham faoliyat yuritadi.
- Boshqa aktrisalardan faqali o`laroq, Radxika pardoz qilishni umuman yoqtirmaydi. Shuning uchun ham kundalik hayotda uni makiyajsiz ko`rishga odatlanishgan. Radxika tabiiy go`zallik tarafdori.
- Radxikaning eng katta orzularidan biri hindistonliklarning mashhur «Uchrashganimizda 2» (Jab We Met 2» filmida rol ijro etish.
- Ayni paytda aktrisaning ko`ngli Ishan Are ismli yigitda. Sevgilisining san`atga umuman aloqasi yo`q.
- Radxika Madan alu puri, golgapa va idli milliy tamolarini yaxshi ko`radi.
- Ranbir Kapur va Karina Kapurning ashadiy muxlisi.
- Aktrisa ijtimoyi tarmoqlarning faol foydalanuvchisi. Uning instagramdagi sahifasini 1,4 mln. muxlis kuzatadi. U ham o`z o`rnida doimiy ravishta shaxsiy hayoti haqidagi foto-hisbotlar taqdim etib turadi.