Kuni kecha "Nihol" mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo`jaevning "NOZANINAM" deb nomlangan yangi albomi taqdimoti bo`lib o`tdi...
Taqdimotga estrada va kino yulduzlari,ommaviy axborot vositalari vakillari, Otabek Mutalxo`jaevning fan klubi a`zolari va do`stlari tashrif buyurishdi.


Yodgor Mirzajonov, Firdavs Pazliddinov, Voxidjon Isoqov, Dilshodbek Kattabekov, Akmal Nazarov, Zarina Nizomutdinova, Shaxzoda Muxammedova, Muqaddas SA`dullaeva, Lola Primqulova, kinorejissyorlar Ozod Shams, Dilshod Ahmedov, Ahad Qayum, Sur`at Islomov, boks bo`yicha jahon chempioni Shohjaxon Ergashev taqdimotning mehmoni bo`lishdi.


Tadbir davomida Otabek Mutalxo`jaevning aktrisa Shaxzoda Muxammedova bilan ijro etgan "Zorim" dueti tashrif buyurganlarga manzur bo`ldi.

Shuningdek, taqdimotda Otabek xonandalar Yodgor Mirzajonov va Behruz Tohirov bilan "Begunoh" filmi uchun ijro etilgan saundtrekni ham ijro etdi.

FAKT:
- Yangi albomdan xonandaning 10 ta eng yangi va sara qo`shiqlari o`rin oldi.
 - "Ota" va Ayt tun" qo`shiqlari taqdimotda ilk marotaba yangradi.
 







