Janubiy Koreya etakchisi Mun Chje In KXDR rasmiy rahbari Kim Yon Nam bilan uchrashadi, deb xabar qildi RIA Novosti nashri.
Ilgariroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o`tkaziladigan Olimpiadaga mamlakat delegasiyasi parlament raisi, mamlakatning rasmiy rahbari Kim Yon Nam rahbarligi ostida borishini rasman tasdiqlagan edi.
"Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In Pxenchxanda bo`lib o`tadigan Olimpiada ochilish marosimiga tashrif buyuradigan KXDR rasmiy rahbari Kim Yon Nam bilan tor doirada suhbat qurishi muhokama qilinmoqda", — deb xabar qilgan janubiy koreya Korea Times nashri prezident ma`muriyatiga tayangan holda.
Janubiy Koreya ma`muriyati vakili Kim Iy Gyom shimoliy koreya delegasiyasining kutilayotgan tashrifini Pxenyanning janubiy qo`shni bilan munosabatlarni yaxshilashga doir irodasi namoyishi sifatida baholadi.
Shu bilan birga ma`muriyat vakillari KXDR bilan yuqori aloqadagi muzokalarga tayyorligini qayd etib o`tishgan.
Ilgariroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o`tkaziladigan Olimpiadaga mamlakat delegasiyasi parlament raisi, mamlakatning rasmiy rahbari Kim Yon Nam rahbarligi ostida borishini rasman tasdiqlagan edi. Konstitusiya bo`yicha KIM Yon Nam KXDR rahbari lavozimini egallaydi, mamlakat etakchisi Kim Chen In esa Shimoliy Koreyaning oliy rahbari hisoblanadi.
Pxenchxandagi Olimpiada o`yinlari 9-25 fevral sanalarida bo`lib o`tadi. Unda Shimoliy Koreyadan sportchilar ishtirok etadi.






