AsosiyDunyo

BAAda dunyodagi eng uzun ziplayn foydalanishga topshirildi (foto)

'BAAda dunyodagi eng uzun ziplayn foydalanishga topshirildi (foto)'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklarida kuni dunyodagi eng uzun ziplayn – gravitasiya ta`sirida pastga tushish imkoniyatini beruvchi po`lat kanatdan ishlangan attraksion foydalanishga topshirildi. Endi o`tkir hissiyotlarni yoqtiruvchilar ajoyib tog`li manzaralarni soatiga 150 km tezlikda tomosha qilishlari mumkin.


Yo`lning uzunligi 2831 metr 88 santimetr. Ushbu rekordni Ginnes kitobi ham qayd etdi. Start maydoni dengiz satxidan 1680 metr balandlikda joylashgan. Finishda esa sportchilarni shishadan ishlangan platforma kutib turadi.

Ziplayn Djebel Djais tog`ining tepasida joylashgan. Mahalliy hukumat ushbu attraksion ko`proq turistlarni jalb qilishiga ishonadi.

Boshqa yangiliklar