AsosiySport

Futbol bo`yicha jahon chempionati kubogi Toshkentga olib kelinadi

'Futbol bo`yicha jahon chempionati kubogi Toshkentga olib kelinadi'ning rasmi

Bugun 6 fevral kuni JCh Kubogi Toshkentga olib kelinadi. Bu tarixiy hodisa bo`lib, shu paytga qadar JCh Kubogi Toshkentga olib kelinmagan. Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro Aeroporti"da JCh Kubogini O`FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegasiya a`zolari kutib olishadi. Bu xaqda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, JCh Kubogi delegasiya a`zolari bilan matbuot anjumani tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

Toshkentga kelishidan avval Jahon chempionati Kubogi Sharqiy va Markaziy Osiyodagi to`qqizta shaharni aylanib chiqdi.

Jumladan, 29 yanvar — Makao (Makao), 31 yanvar — Nukualofa (Tonga), 1 fevral — Xoniara (Salomon orollari), 1 fevral — Port-Mórsbi (Papua Yangi Gvineya), 3 fevral – Lahor (Pokiston), 4 fevral – Olmaota (Qozog`iston), 5 fevral – Bishkek (Qirg`iziston), Dushanbe (Tojikiston).

Toshkentdan keyin JCh Kubogi Ashxobodga boradi va undan so`ng Erevan, Tbilisi, Baku, Valetta, Vena, Minsk, Sofia, Tel-Aviv, Larnaka, Ramalloh, Amman, Dubay, Xartum, Addis-Abeba, Nayrobi, Maputo, Yoxannesburg, Keyptaun, Kampala, Abudja, Lagos, Dakar, Abidjan, Qohira, Rim, Neapol, Parij, Kyoln, Oslo, Torshavn, Reykyavik, Tukuman, Berasategi, Buenos-Ayres, Rosario, Bogota, Panama, San-Xose, Gvadalaxara, Monterrey, Mexiko, Nyu-York, Mayami, Los-Anjeles, Frankfurt, Ulan-Bator, Pekin, Shanxay, Tokio, Osaka shaharlarini aylanib chiqib, oxiri Moskva shahriga etib boradi

    Boshqa yangiliklar