1

“Agrobank”ning yangi tirajli lotereyasida jami 22,5 milliard so`mlik yutuqlar o`ynaladi

Jamiyat 30.04.2014, 10:33
“Agrobank”ning yangi tirajli lotereyasida jami 22,5 milliard so`mlik yutuqlar o`ynaladi

“Agrobank” OATBning “Farovonlik” pul-buyum yutuqli, tirajli lotereya biletlarini taklif etdi.

Lotereya biletining har bir donasi 5000 so`m bo`lib, uning yutuqlar tiraji 2014 yil 20-21 dekabr kunlari Toshkent shahrida o`tkaziladi.

Tirajda O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan 10 tadan 30 ta “Malibu”, “Captiva” va “Cobalt” rusumli avtomobillar, 10 ta TTZ transport traktorlari, 1725 ta televizor, 625 ta muzlatkich, 625 ta kondisioner, 625 ta kir yuvish mashinasi, 625 ta gaz plita hamda 1 113 735 ta pul yutuqlaridan iborat bo`lgan jami 22 502 344 150 so`mlik 1 118 000 ta pul va buyum yutuqlari o`ynaladi.

Yutuqlar tiraji o`tkazilgandan keyin yutuqlar tirajining rasmiy jadvali “Qishloq hayoti” va “Xalq so`zi” ro`znomalarida chop etiladi hamda “Agrobank” OATBning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1