AsosiySport

Umid Ahmadjonov boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Janubiy Koreyaga jo`nab ketadi

'Umid Ahmadjonov boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Janubiy Koreyaga jo`nab ketadi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o`yinlari o`tkaziladi.

Mazkur sport bayramida O`zbekiston terma jamoasi sport delegasiyasi ham ishtirok etadi. O`yinlarda yurtimiz sharafini ikki nafar sportchi himoya qiladi. Figurali uchish bahslarida Misha Ge muzga chiqsa, Komil To`xtaev tog` chang`si bo`yicha o`z omadini sinab ko`radi.

Bugun Olimpiadada ishtirok etadigan sportchi, murabbiy va rasmiy shaxslardan iborat O`zbekiston sport delegasiyasi Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligida Janubiy Koreyaga jo`nab ketadi.

Ma`lumot uchun, sakkizinchi fevral kuni Olimpiya shaharchasida O`zbekiston bayrog`i ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar