Nukus shahri "Juvazshi" mahalla fuqarolar yig`ini, Juzim bog` ko`chasida istiqomat qiluvchi 1989 yili tug`ilgan M.M.N Nukus shahri Ichki ishlar bo`limida IR bo`limining katta inspektori bo`lib ishlagan davrida 2017 yil 25 sentyabr kuni ta`magarlikda gumonlanib, tegishli huquqni muhofaza qilish organ xodimlari tomonidan qo`lga olingan edi.
U O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo`yicha sud qilinib, Sud prosessi 2018 yil yanvar oyida 2 marotaba o`rganib chiqilib, Sudning navbatdagi prosessi 2 fevral kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Xo`jayli tumani sudida bo`lib o`tdi.
Fuqaro M.M.Nni O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi o`z kafilligiga oldi va u sud zalidan ozod qilindi.
M.M.N o`z qilmishidan pushaymon va u yaqin orada ishga joylashtirilishi kutilmoqda.