Amerikalik Robert Meylxammer (RobertMeilhammer) ovga chiqqanda o`zi otgan o`rdak boshiga tushib, jarohatlandi, deb yozdi Lenta.ru nashri.
AQShning Merilend shtati Dorchester okrugida yashovchi 51 yoshli Robert Meylxammer (RobertMeilhammer) Mayls daryosi bo`yiga ovga otlandi. Tepasidan bir to`da o`rdak uchib o`tayotganini ko`rgach, ularga qarata o`q uzdi.
O`q tekkan o`rdaklardan biri to`g`ri uning boshiga kelib urildi.
Ovchini kasalxonaga etkazish uchun mahalliy kasalxonaning aviasiyasidan foydalanishga to`g`ri keldi.
Nashrning xabar berishicha, voqea yuzasidan Merilend shtati polisiyasi surushtiruv ishlarini olib bormoqda.